Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ning yosh hujumchisi Markus Reshfordga o'ziga xos sovg'a yubordi.
20 yoshli Reshford bu haqida o'zining instagram sahifasida ma'lum qilib, Ronalduga minnatdorchilik izhor qilgan.
Markus Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, Ronaldu esa, o'z vaqtida ushbu klub afsonasi hisoblangan va jamoa tarkibida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. Markus portugaliyalik futbolchiga xavas qilishini va ko'p jabhalarda undan o'rnak olishga harakat qilishini yashirmaydi.
O'z navbatida, Ronaldu ham Reshfordga befarq emasligini avvaldan bilar edik. Misol uchun, u «Real»ga aynan Reshfordni sotib olishni maslahat bergani haqida turli xabarlar paydo bo'lgandi.