"Real" himoyachisi Serxio Ramos EChL 1/4 finalida "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Turinda o'tgan birinchi o'yinda mehmonlar 3:0 hisobida g'alaba qozongan edilar.
"Sariq kartochkalarim to'planib qolgani tufayli turinlarga qarshi javob uchrashuvida o'ynay olmayman, ammo har bir futbolchi bunday o'yinlar muhtini yaxshi ko'radi. Madridda muxlislarning qo'llashini haqiqtan his qilish mumkin.
"Yuventus"ni tugatib qo'yishning vaqti keldi. Chempionlar ligasida oson o'yinlar bo'lmaydi, bizda 90daqiqa bor, unga bor kuchimizni sarflaymiz", - deydi Ramos.
"Real" - "Yuventus" uchrashuvi 11 aprel kuni bo'lib o'tadi.