"Real"ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdano "Atletiko" bilan durangdan so'ng (1:1) jamoa yarimhimoyachisi Garet Beylni tanqid qildi va hujumchi Krishtianu Ronalduni maqtadi.
"Beyl 100 million evrolik o'yin ko'rsatmayapti. Maydondagi harakatlari uning narxiga to'g'ri kelmayapti.
Ronaldu hozir o'ziga to'liq ishonch bilan o'ynayapti, jismonan o'zini yaxshi his qilyapti. U hujumning butun fronti bo'ylab o'ynadi", - deydi Valdano.
"Atletiko"ga qarshi o'yinda madridliklarning yagona golini urgan Ronalduga to'pni Beyl oshirgan edi.