"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 31-turida "Atletiko" darvozasini ishg'ol qildi.
Ushbu gol 33 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi 650-bo'lib, “Real” uchun joriy mavsum barcha musobaqalardagi 40-gol sifatida qayd etildi.
Shunday qilib, portugaliyalik hujumchi ketma-ket 8 mavsumdan beri klubi uchun 40ta yoki undan ko'p gol urmoqda.