"Real" darvozaboni Keylor Navas "Atletiko" bilan uchrashuvdan so'ng (1:1) o'zining klubdagi kelaagi borasida fikr bildirdi.
"Men xotirjamman. Shartnomam yana ikki yil amalda bo'ladi va men uning oxirigacha o'ynamoqchiman. Odamlar mendan klubdan ketishimni so'ramoqdalar, ammo men faqat uyimga, oilam bag'riga ketaman.
Mavsum oxirini kutishimiz kerak. Bizga oson bo'lmadi, ko'ramiz, nimaga erishamiz ekan. Hech qachon taslim bo'lmaymiz.
Gol urganimizdan so'ng jadal o'ynashimiz kerak. Shuningdek, hayajonlanmasligimiz kerak. Durangdan qoniqmadik, ammo u maydondagi voqealarni aks ettirdi", - deydi Navas.