"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatida "Atletiko" bian uchrashuvdan so'ng (1:1) o'yin haqida mulohazalarini bildirdi.
"Krishtianu - bu Krishtianu,u butun faoliyati davomida shundayligicha qolmoqda, u bir mavsumda 50 talab gol uradi.
Bunga o'xshash narsa hech kimning qo'lidan kelmaydi. Qolganlar ham urishi mumkin, o'tgan o'yinlarda buni uddalashdi. Ammo baribir tarkibingda Krishtianuning bo'lgani yaxshi.
Almashtrish? Men shunchaki, unga dam bermoqchi edim. Bizda o'yinlar ko'p, unga ba'zan dam berish kerak. Bu hozir unga kerak. U kundan kunga yaxshi bo'lib boryapti, buni ko'rib turibsiz.
"Atletiko" bilan o'yinimizdan qoniqdim, bundan ko'prog'iga munosib edik. Ikkinchi bo'lim boshida bunga erishdik, ammo keyin qiyin 10 daqiqalik boshlandi. Shunda "Atletiko" o'z golini urib qoldi.
Ammo men haqiqatan manunman, biz o'ynashga, raqibga bosim uyushtirishga urindik, ammo afsuski uch ochko ololmadik", - deydi Zidan.