Ispaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan “Real” – “Atletiko” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.
O'yinning 53-daqiqasida Krishtianu Ronaldu superzarba bilan Oblak darvozasini ishg'ol etgandi. Oradan 4 daqiqa o'tib Grizmann hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa hisobda oldinda borayotgan “Real” faqatgina 4 daqiqagina g'alabani saqlab qola oldi xolos.
Ma'lumot uchun, endi ikkinchi o'rinda borayotgan “Atletiko” peshqadam “Barselona”dan 11 ochko ortda qolmoqda. Chempionat yakunlanishiga yana 7 tur qoldi.
Uchinchi o'rinda borayotgan “Real” “Barsa”dan 15 ochko kam to'plagan. “Valensiya” (62 ochko) agar bugun “Espanol”ni mag'lub etadigan bo'lsa, madridliklar to'rtinchi o'ringa tushib ketishadi.
La-Liga. 31-tur.
Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 53 Ronaldu, 1:1 – 57 Grizmann.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Modrich, 72), Kroos, Asensio (Isko, 72), Vaskes, Beyl, Ronaldu (Benzema, 64).
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Vitolo (Korrea, 61), Parti (Gameyro, 82), Saul, Koke, Grizmann, Diego Kosta (Gabi, 71).
Ogohlantirishlar:Kroos (14), Vitolo (17), Parti (34), Vaskes (88), Lyuka Ernandes (89).