"Barselona"Ning sobiq prezidenti Joan Gaspar "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning katalaoniyaliklar uchun chempionlik yo'lagi hosil qilmaslik haqidagi gapini izohladi.
"Bu masalada qarorni klub chiqaradi, Zidan emas. Klublar o'rtasida jahon chempionatidagi g'oliblikni La ligadagi g'oliblik bilan taqqoslab bo'lmaydi. Agar Peres chempionlik yo'lagi tashkil qilishni istasama - bu bo'lmaydi.
Zidanga hurmatni to'liq saqlagan holda aytamanki, uning fikri hisobga olinmaydi. Klubning fikri muhim", - deydi Gaspar.
Agar "Barselona" qolgan 4 o'yinda g'alaba qozonsa, "Real" bilan uchrashuvga chempion sifatida tushadilar. Bu uchrashuv 6 may kuni bo'lib o'tadi.
2017 yilda "Real"ning klublar o'rtasida JChda g'olibligidan so'ng "Barselona" madridliklarga chempionlik yo'lagi tashkil qilmagan edi.