Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qaychi” uslubida gol urishni o'ziga odat qilib olgan ko'rinadi.
Ronaldu bunday uslubda dushanba kungi mashg'ulotda gol urgandi. Keyin Janluiji Buffon darvozasini shu tarzda ishg'ol qilib, “Yuventus” muxlislari olqishiga sazovor bo'ldi.
Endi bu tryuk “Real”ning Valdebebasdagi mashg'ulot maydonchasida yana takrorlandi.