"Real"ning asosiy tarkibidan muqim joy ololmayatgan yarimhimoyachi Garet Beyl o'z xohishi bilan klubni tark etmaydi.
Uelslik futbolchi EChL chorak finalida "Yuventus"ga qarshi birinchi o'yinda (3:0) zaxirada o'tirganiga qramay, klubni tark etmoqchi emas. Beyl "PSJ"ga qarshi nimchorak finalning har ikki uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan edi.
Uning shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan.
Avvalroq "Real" uni 120 million evroga sotishga tayyorligi xabar qilingan edi Unga asosiy davogar "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi.