"Real" hujumchisi Krishtianau Ronalduning yuristlari Ispaniya soliq idorasi bilan soliqni yashirganlik borasida ish olib borishmoqda.
Soliqchilar portugaliyalik futbolchidan 30 million evro jarima talab qilishmoqda va qamoq jazosi haqida ogohlantirmoqda.
G'aznachilik kelishishga tayyor. Agar Ronaldu aybini tan olsa, ular to'rt ishdan birini yopishga va arima summasini 10 million evrogacha tushirishni aytmoqdalar. Shunda futbolchi shartli muddat oladi.