"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tibbiy testlarda fantastik natijalar ko'rsatmoqda.
Portugaliyalik futbolchi vaznining 7 foizini yog' tashkil qiladi, boshqa futbolchilarda bu ko'rsatkich - 10-11%. Futbolchining mushaklari massasi umumiy og'irlikning 50 fozini tashkil qiladi, boshqalarda - 46%, deya xabar beradi As jurnalist ayol Arancha Rodriges ma'lumotlariga tayanib.
Bunday natijalarga Zidanning maslahatlari sabab bo'lgani atyilmoqda. Murabbiyi futbolchiga yuklamalarni kamaytirib, mavsumning muhim pallasiga kuchini asrashni maslahat bergan.
- Portugaliyalik futbolchi EChL-2017/18ning 9 o'yinida 14 ta gol urgan.
- Ronaldu Ispaniya chempionatida urilgan gollar borasida Messiga yaqinlashib qoldi: 22 ga 26.