"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Oliver Kanning fikricha, "Real" ustozi myunxenliklar uchun ideal bosh murabbiy bo'lar edi.
"Shubhasiz, "Bavariya" Zidan nomzodini ko'rib chiqishi kerak. U fantastik murabbiy. Zinedin "Real" bilan hamma narsani yutdi va EChLda uchinchi marta g'olib chiqish uchun qadam tashladi. U "Bavariya" uchun juda mos keladi", - deydi Kan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ni vaqtinchalik boshqarib turgan Yupp Haynkes mavsum yakunidan so'ng klubni tark etadi.