“Real” a'zosi Garet Beyl yozda jamoadan ketishga qat'iy qaror qilgan ko'rinadi.
“El Confidencial” ma'lumotiga ko'ra, futbolchining klub ustozi Zinedin Zidan bilan munosabatlari buzilgan. Beyl o'yin amaliyoti kamligidan norozi. Vaziyat shu darajaga borib etdiki, uelslik futbolchi ispan tilini o'rganishni va klub safida mashg'ulot o'tkazishni to'xtatdi.
Ma'lumot uchun, Beylga “MYu” va “Chelsi” jiddiy qiziqish bildiryapti.