“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.
Futbolchining akasi Yannik Umtiti “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan Madridda uchrashgan va muzokaralar o'tkazgan. Xabarlarga ko'ra, agar Umtitining xaridi amalga oshsa, “Real” Varandan voz kechadi.
Shuningdek, Umtiti “Barselona” bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borayotgani yo'q. Bunga futbolchiga o'zi istaganidek maosh taklif qilayotgan “MYu” xalal bermoqda.