Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Garet Beyl yozda jamoadan ketishni xohlaydi, bu haqida El Confidencial nashri xabar beradi.
Uelslik futbolchi o'yin amaliyoti kamligi sabab jamoadan ketishga tayyor. Futbolchining murabbiy bilan munosabati yaxshi emas, hozirda u ispan tilidagi darsliklarni o'rganishdan bosh tortgan va mashg'ulotlarga ham o'z vaqtida yetib kelmayapdi. Futbolchilar bir necha bor Garetni jamoaga moslashtirishga harakat qilishdi, biroq Beyl hali hamon bunga moslasha olmadi.
Bobojonov