"Qirollik klubi" tarbiyalanuvchisining "Real"dagi tarixi yakuniga yetdi.
Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Abner ushbu mavsumda "Eshtoril" klubida ijara asosida o'tkazayotgan edi. Bugun AS nashri bergan ma'lumotga ko'ra himoyachi Braziliya B seriyasi vakili "Karitibi" Abner transferini e'lon qilgan. Kelishuvga ko'ra braziliyalik futbolchi "Real"ga qaytganidan so'ng 2018-yil oxirida vataniga qaytib ketadi.
21 yoshli futbolchi 2014-yil "Kastilya" tarkibiga jalb etilgan bo'lib, 24 marta maydonga tushgan va 3 marta tizzaning bukiladigan qismidan jarohat olgan. Jarohatdan qaytgach Abner ijara asosida Portugaliyaning "Eshtoril" klubiga o'tdi. Yangi jamoasida ham qanot himoyachisi o'z o'rnini topib keta olmadi va ushbu mavsumda 11 marta maydonga tushib 1 ta golga assistentlik qilgan.
Hozirda futbolchi "Qirollik klubi"ga qaytib keladi va yil oxirida Braziliyaga yo'l oladi.
Bobojonov