“Real” klubi rahbariyati “Fluminense” klubining ikki futbolchisiga qiziqib qoldi.
“AS” nashriga ko'ra, “qaymoqranglilar” Braziliya klubining 18 yoshli vingeri Visney hamda 20 yoshli hujumchisi Ramonga taklif bilan chiqishga tayyor. Madrid jamoasi skautlari bu ikki futbolchining o'yinlarini uzoq vaqt kuzatishgan.