“Real” rahbariyati yana “Liverpul” a'zosi Muhammad Saloh variantiga qaytdi. Oldinroq Florentino Peres narxi qimmat bo'lgani sababli Salohdan voz kechmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.
Ispan matbuotiga ko'ra, “qaymoqranglilar” mavsum oxirida klubdan ketishi aniq bo'lib borayotgan Beylning o'rnini Saloh bilan to'ldirishmoqchi. “Real” misrlik hujumchining narxini 180 mln evroga baholagan.