«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga qarshi o'yinda hisobni ochdi.
Natijada, u Chempionlar ligasining uchta finalida gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.
Avvalroq, Ronaldu 2007/08 mavsumi finalida, «MYu» tarkibida «Chelsi»ga gol urgan edi (1:1, pen: 6:5). So'ngra 2013/14 mavsumi finalida, «Real» tarkibida «Atletiko» darvozasini penaltidan ishg'ol etgan edi (4:1).