“Chelsi” rahbariyati Eden Azarni jamoada olib qolishga harakat qilyapti.
“Daily Mail”ning yozishicha, London klubi Azarga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. “Chelsi” belgiyalik futbolchiga haftasiga 230-340 ming evro atrofida maosh berishga tayyor. Shunda Azar jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.