“Metro” nashrining yozishicha, Ronaldu “Yuventus” darvozasiga ikkinchi golini urganida zaxira o'rindig'idagilar o'rinlaridan turib ketishgan va golni nishonlashgan. Birgina Garet Beyl o'rnidan qimirlamagan.
Nashrda ta'kidlanishicha, Beyl o'yin davomida maydondagi voqealarga umuman e'tibor qaratmagan. O'yinni loqaydlarcha kuzatib borgan. Hatto jamoadoshlari gol urganida o'rnidan turmagan ham.
Uelslik futbolchi “Yuventus”ga qarshi o'yinda zaxirada qoldi. U ayni damda klubdagi holatidan norozi.