“Yuventus” muxlislari “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning ikkinchi golini olqishlar bilan kutib olishdi.
Portugaiyalik futbolchi o'yinning 64-daqiqasida “qaychi” uslubida Buffon darvozasini ishg'ol qildi va shundan so'ng muxlislar o'rinlaridan turib, uni olqishlay boshlashdi.
Ronaldu bunga javoban turinliklarga minnatdorchilik bildirdi.