Krishtianu Ronaldu "Yuventus" darovzasiga chalqancha usulda gol urganidan so'ng Turindagi stadion jimib qoldi ammo birozdan so'ng tribunalar portugaliliya futbolchini qarsaklar bilan olqishladi.
"Gol fantastik chiqdi. Bunday gol uraman deb o'ylamagandim, ammo jamoaviy o'yin haqida gapirgan ma'qul.
Bu bizning musobaqa. Bizga bu musobaqada o'ynash yoqadi. Javob o'yinini uyda o'tkazimiz - yaxshi. "Yuventus" ajoyib jamoa, shuning uchun hushyor bo'lishimiz kerak. Ammo hozir juda baxtiyormiz.
Endi javob o'yini haqida o'ylashimiz kerak, futbolda hama narsa bo'lishi mumkin", - deydi Ronaldu.