"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL chorak finalida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda (3:0) raqib darvozasini ikkinchi marta ishg'ol qilgan vaqtda qancha balandlikka sakragani ma'lum bo'ldi.
Portugaliyalik futbolchi chalqancha usulda gol urganida u 2,23 metr balandlikda bo'lgan.
Bu borada uning shaxshiy rekordi 2013 yilda o'rnatilgan. O'shanda Ronaldu "MYu" bilan EChL doirasidagi o'yinda 2,93 metrni zabt etgan edi.
Ronalduning bo'yi – 1,87 m.