"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri keyingi ish joyi Italiyada bo'lmasligini ma'lum qildi.
"Chet elga ketishim aniq. Italiyada ishlamayman. Men hech qachon taktikani birinchi o'ringa qo'yadigan murabbiy bo'lmaganman. Mnn instinktga qarab harakat qilaman. Menimcha, murabbiy o'z sezgilari va shaxsiy qarashlariga tayanib qaror chiqarishi kerak", deydi Allegri.
Allegri "Yuventus"ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Turinliklar uning qo'l ostida ketma-ket uch marta Italiya chempioni bo'ldilar.