EChL chorak finalida "Yuventus" - "Real" uchrashuvida (0:3) musobaqaning yangi rekordi o'rnatildi.
Madridiklar himoyachisi Danil Karvaxal bu musobaqada qatorasiga 25-o'yinda mag'lubiyatga uchramadi va yangi rekordni o'rnatdi.
Bu Evropaning eng nufuzli musobaqasida futbolchilar tomonidan o'tkazilgan eng uzoq seriyadir.
Tarkibida Karvaxal bo'lgan "Real" oxirgi marta 2015 yilning 5 may kunida mag'lub bo'lgan edi. O'shanda madridliklar Turinda EChL yarimfinalining birinchi o'yinida 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edilar.
Bundan oldingi rekord "MYu"ning sobiq o'yinchilari Luish Nani va Patris Evraga tegishli edi. Ular EChLda qatorasiga 24 o'yinda mag'lub bo'lmaganlar.