"Yuvenitus" ishqibozlari EChL chorak finalida "Real"ga qarshi uchrashuvda raqib hujumchisi Krishtianu Ronalduning ikkinchi golini tik turib olqishladilar.
Portugaliyalik futbolchi 64-daqiqada o'z ustidan to'p oshirib chiroyli gol urdi, shundan so'ng italiyalik ishqibozlar o'rinlaridan turib unga qarsak chaldilar.
Ronaldu turinlik muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.