"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL chorak finalining birinchi o'yinida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlarini bildirdi.
"Yuventus"ga uning maydonida uchta gol urish osonmas. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik, "Yuve" ham yomon o'ynamadi, ular bizga bosim o'tkazishdi, imkoniyatlarga ega bo'lishdi, ammo biz vaziyatlardan foydalandik.
Albatta, "Yuventus" bugungi natijadan norozi, bu klub doim mening yuragimda.
Krishtianuga kelsak, uammaga o'xshamaydi. U qolgan hammadan boshqacha, u chempionlar ligasida qoyilmaqom narsalarni namoyish etadi, maqtovlarga o'ch emas.
O'z ustidan oshirib bergan zarbasi fenomenal chiqdi, ammo u bundayroq ikkita oddiy zarba bilan ham urdi. Bu futbol.
Kimning goli yaxshi, Ronalduning bugungi golimi yo EChL finalidagi mening golim? Albatta mening golim", - deydi Zidan.