“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga qarshi birinchi o'yinda dubl muallifiga aylandi.
Ushbu gollar portugaliyalik futbolchi uchun EChL chorak final bosqichidagi 21- va 22 goli bo'ldi. Hatto “Yuventus” ham musobaqaning bu bosqichida shuncha gol urmagan ekan.
Shuningdek, Krishtianu jami “Yuventus”ga qarshi o'yinlarda 9ta gol uran. Ma'lumot uchun, Lionel Messi “Arsenal”ga shuncha gol urgan, Ronaldu esa “Bavariya” darvozasini 9 marta ishg'ol etgan.