Turinning “Yuventus” klubi EChL 1/4 finali doirasida “Real”ga qarshi kechadigan birinchi o'yinning o'zidayoq 4 mln evro daromad qiladi.
“Corriere dello Sport”da yozilishicha, bu jamoalar o'rtasidagi Turinda bo'lib o'tadigan birinchi to'qnashuv dunyoning 98 mamlakatida efirga uzatiladi. “Keksa sen'oralar” uchun bitta o'yindan 4 mln evro foyda ko'rish — bu rekord natijadir.