Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Allegri: "Real", "Bavariya", "Manchester Siti" - ular sovrin uchun asosiy favorit

"Yuventus" bosh murabboyo Massimiliano Allegri "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda uchta yo'nalish bor va har birida biz yaxshilikga erishishimiz kerak. Chempionlar Ligasi ikkita o'yindan iborat o'yin, bu o'yinda 3 ochko kerak emas. Shunchaki to'plar nisbati xal qiladi. Asosiy maqsad - Chempionlar Ligasi. Biz bu turnirni yutishni xohlaymiz, bilamizki bu o'yinlarda xato qilishga xaqqimiz yo'q. Chorakfinalda kuchli jamoalar qoldi. Bu yil "Real", "Bavariya", "Manchester Siti" - ular sovrin uchun asosiy favorit. Markizio yoki Bentankur Pyanich o'rnida harakat qiladi, Rugani yoki Bardzali himoyada harakatlanadi Benatiya o'rnida.

Yaxshi tushinib turubmiz Chempionlar Ligasida bizga eng qiyin raqib tushdi. Men bir necha bor Kardiffdagi o'yinni ko'rib chiqdim. O'ylashimcha, biz qiyin vaziyatlarda yaxshi harakat qila boshladik. Muxlislar ham biz bilan faxrlanishi kerak, chunki biz so'nggi 3 yilda ikki marta finalda harakat qildik. Bizga ertaga qo'llab-quvvatlash zarur.

Beylni asosiy tarkibda kutmoqdaman, lekin eng yaxshisi buni Zidandan so'rang. "Madrid" juda xavfli, ularga bo'sh nuqta yaratib bermaslik kerak. Shu sababli biz to'pni o'zimizda yaxshi saqlab qolib, ularga bo'sh zona taqdim qilmaslikga harakat qilamiz.

Ronalduni to'xtatish uchun maxsus taktika? Buning uchun yaxshi himoyachi bo'lsa kifoya. Shu o'rinda Ronalduni tabriklab o'tishni istayman, u 30 yoshdan keyin butunlay o'yin uslubini o'zgartirdi. Buni uddalash oson emas, ammo u uddaladi. Ishonchim komil, ertaga Dybala yaxshi uchrashuv o'tkazadi. U hozirda ajoyib formada."

Bobojonov

BestMaster
3 Aprel 2018, 17:19
allegri, real, bavariya, manchester, siti, ular, sovrin, uchun, asosiy, favorit,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads