Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evromavsumning 33 yoshdan oshgan goleadorlari (fotogalereya)

Bu ro'yxatda hammaga tanish «qariya» Krishtianu Ronaldu birinchi emas, balki ikkinchi.

.
- Yuklab olish

Bu ro'yxatda hammaga tanish «qariya» Krishtianu Ronaldu birinchi emas, balki ikkinchi.

Ha, Evropa futbol mavsumining 33 yoshdan katta to'purarlari reytingini portugaliyalik yulduz emas, Portugaliyada sokingina o'ynayotgan braziliyalik Jonas boshqarib turibdi.

Xo'sh, yana qaysi futbolchilar «qo'hna qit'a» milliy chempionatlarida gol urish bobida yosh faktoriga parvo qilishmayapti?

10-11. Emmanuel ADEBAYOR - 12ta gol. Ha, «Arsenal», «Manchester Siti» va «Tottenxem»ning sobiq futbolchisi hamon nimalargadir qodir.

34 yoshli togolik joriy mavsum Turkiya elit ligasida «Istanbul Bashakshehir» klubi uchun 12ta gol urdi (23ta o'yinda). Qolaversa, faxriy hujumchi nisbatan kamtar jamoa bilan chempionlik unvonini ko'zlamoqda.

«Faoliyatim rivojidan uncha xursand emasman. Ehtimol, hali ham «Oltin to'p»ni orzu qilishim va bu real voqeaga aylanishi mumkindir...», - deydi Adebayor hazil ohangida.

10-11. Danko LAZOVICh - 12ta gol. «Zenit» va PSVning sobiq hujumchisi ko'pchilik nazaridan chetga chiqqan bo'lsada, Vengriyada hali ham hurmati baland.

34 yoshli serb ayni payt «Videoton»ni oltin marra tomon boshlamoqda. Eng asosiysi, u mahalliy birinchilikning to'purarlar poygasida peshqadam bo'lib turibdi. Aniqroq aytsak, Danko 12ta golini Vengriya milliy ligasi doirasidagi 18ta o'yinda nishonladi.

Yana bir diqqatga sazovor statistika shuki, Lazovich assistentlik rolini ham qoyillatyapti - 6ta samarali uzatma. To'g'ri, u shuning barobarida joriy mavsum 8 marta sariq va 1 marta qizil kartochka oldi - bunisi hamon kurashga chanqoqligidan dalolat.

8-9. Umut BULUT - 13ta gol. Ism-sharifida naq 4ta «u» harfi mujassam hujumchi Adebayordan ko'proq gol urgan holda, turk ligasida kim «xo'jayin» ekanligini isbotlashga urinmoqda, go'yo.

«Qaysarispor»ning 35 yoshli vakili buning uchun 25ta o'yinda ishtirok etdi. Bulutning faoliyati togolik ampluadoshiniki singari yorqin chiqmagan bo'lsada, u Turkiya milliy terma jamoasida o'ynagan va hattoki, xorijda ham ma'lum darajada obro' orttirgan. Aniqroq aytsak, Umut mavsum-2011|2012da «Tuluza» sharafini munosib himoya qilgandi.

8-9. Mersudin AXMETOVICh - 13ta gol. «Rostov» muxlislariga salom! Jamoaning sobiq hujumchisi kamtaringina chepionat - Bosniya oliy divizionida gol urishni hali unutmaganini tez-tez namoyish qilmoqda.

Rus diyorida «Volga» (Nijegorod) va «Salyut» (Belgorod) klublarida ham ko'rinish bergan Axmetovich hozir 33 yoshda. E'tiborli fakt - faxriy futbolchi «Saraevo»ning oxirgi 3ta o'yinida jarohat tufayli maydonga tusholmadi, shunga qaramay, Bosniya ligasi bosh to'purari maqomini yo'qotgani yo'q.

Yana bir tomoni, jamoadoshlari bu o'yinlarda birorta gol urolmadilar.

6-7. Fabrisio SIMOES - 15ta gol. Kipr chempionati qiziqish uyg'otuvchi ijrochilarga to'la.

Misol uchun, ligadagi top-snayperlar orasida Angliya yoshlar termasi, «Blekbern» va «Birmingem» klublarida o'ynagan Mett Derbishir, shuningdek, «Krilya Sovetov»ning finlyandiyalik sobiq hujumchisi Berat Sadikni ko'rish mumkin. 33 yoshli Fabrisio Simoes shunday futbolchilarga raqobat taqdim etmoqda.

Aytish joiz, notanish braziliyalik faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazmoqda. Aytgancha, u 15ta goldan iborat «xirmon»ni kamtarin «Alki» safidagi 22ta o'yinda to'pladi.

6-7. Kris BOYD - 15ta gol. Shotlandiyalik futbolchi bundan 10 yil oldin «Glazgo Reynjers» safida o'ynar va UEFA kubogi finalida «Zenit»ga qarshi to'p surgandi.

Endi ancha «qarigan» faxriy jonajon klubi - «Kilmarnok»ni o'z ortidan ergashtirmoqda. Umumiy statistikasiga qarasak, u bu vazifani yomon uddalamayapti. Ishlari hattoki, juda zo'r: 34 yoshli Boyd - Shotlandiya Premer-ligasi bosh to'purari.

26ta o'yinda 15ta gol - butsalarini mixga ilishni o'ylayotgan hujumchi uchun zo'r natija. Darvoqe, «Kilmarnok» sardori yaqinda liga etakchisi «Seltik»ning mag'lub etilishiga katta hissa qo'shdi va o'sha o'yini Shotlandiyada qahramonlikka tenglashtirildi.

5. Marko PAYShAO - 16ta gol. Portugaliyalik bu futbolchining familiyasi ehtiros, his-tuyg'u, harakat ma'nolarini beradi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

BestMaster
3 Aprel 2018, 12:39
evromavsumning, yoshdan, oshgan, goleadorlari, fotogalereya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads