"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL chorak finalida "Yuventus"ga qarshi birinchi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuventus" va "Real"ning mentaliteti ancha yaqin. Buni o'sha erda o'ynaganimda tushunganman. Turin futbolni yaxshi o'ynaydi.
Bizning o'z maqsadlarimiz bor. Biz doim g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Raqibning kimligi va o'tgan yili nimaga erishganimizdan qat'iy nazar.
Kun kelib "Yuventus"ni boshqarishim mumkinmi? Hech qachon "hech qachon" dema, ammo hozirgi joyimda xursandman. Faqat "Real" haqida o'ylayman va kelaak haqida o'ylaganim yo'q", - deydi Zidan.