"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL 1/4 finalida "Real"ga qarshi birinchi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yarimhimoyada Pyanichning o'rnida Markizio yoki Bentankur o'ynaydi, Ruganiyoki Bartsalli himoyada qoladilar.
Chempionlar ligasida juda kuchli jamoaga qarshi o'ynashimizni bilamiz. Biz doim o'yinda qolishimiz kerak, bu "o'yin" 180 daqiqalik o'yindir.
Men Kardiffdagi finalni bir necha marta ko'rdim. Biz o'yinlar davomida qiyin vaziyatlarda yaxshiroq harakat qila boshladik.
Ronalduning to'xtatish uchun maxsus taktika? Yaxshi himoyachilar kerak. Krishtianuni tabriklayman, u 30 yoshida o'z o'yin uslubini o'zgartira oldi. Uning ishini takrorlash osonmas.
"Real" 12 marta chempionlar ligasini yutgan. Bu o'ta kuchli jamoa, ammo "Yuventus" ertaga u bilan teng kurashadi.
Dibalaning ertaga yaxshi o'yin o'tkazishiga ishonaman. U ajoyib formada", - deydi Allegri.