"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Portugaliya chempionatining 28-turida "Belenensesh"ga qarshi uchrashuvda (0:2) 90 daqiqa o'ynadi.
Bu uchrashuv uning professtonal darajadagi minginchi o'yini bo'ldi. U bu ko'rsatkich borasida Rauldan keyin ikkinchi ispaniyalik bo'ldi. Posbon 725 uchrashuvni "Real"da o'tkazgan, 108 ta o'yinni "Portu"da. Ispaniya terma jamoasida esa - 167 ta o'yin.
385 o'yinda darvozasini "quruq" saqlagan.