"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarimhimoyachi Iskoning jamoadagi rodli haqida fikr bildirdi.
- Muhim o'yinlarda zaxirada qoldiriladigan futbolchilar o'zlarini siz ishonmaydigan futbolchi deb his qiladi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, umid qilamanki, bunday deb o'ylamaydilar. Menda 25 ta juda yaxshi futbolchilar bor va ularning hammasida foydalanishga harakat qilaman.
Ba'zi o'yinchilar boshqalardan ko'proq o'ynaydigan vaziyatlar bo'lib turadi. Ularning hammasi muhim, Isko ham boshqalar kabi juda muhim.
Terma jamoada vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin - ular bir mavsumda 7-8 ta o'yin o'tkazadilar, biz esa - 60 ta.
Mening o'yinchilarim o'zlarini jamoa uchun muhim deb hisoblashlari kerak. Bu mening usulim, bu hech qachon o'zgarmaydi, chunki bu meni ishonadigan kontseptsiya", - deydi Zidan.