"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon chempionlar ligasida "Real" to'sig'idan o'tish uchun nrima qilish kerakligini aytdi.
"Qo'limizdan kelgancha o'ynashimiz kerak. Bundan ortiq emas. Ma'lum vaziyatlarda omad kerak bo'ladi. O'yindan keyin odamlar buni unutadilar, faqat natija qoladi. Uch yil avvalgi "Real" bilan o'yinimizni eslayman, ularning jarima to'pi rikoshet bo'lib darvozam to'siniga tekkandi. Bu hal qiluvchi va burilish hodisasi bo'ldi. Agar gol bo'lganida "Real" 2:1 hisobida oldinga chiqqan bo'lar edi. Ammo o'yin 2:1 hisobida bizning g'alabamiz bilan tugadi. Odamlar buni esdan chiqarib yuboradilar. Men navbatdagi bosqichga chiqish va kichik xatolar sababli musobaqadan chiqib ketish nima ekanini bilaman. Umid qilamanki, "Yuventus"ga kichik vaziyatlarda omad kulib boqadi.
Yangi uchrashuv bizga xursandchilik olib kelmagani aniq. "Real" ham xuddi "Barselona", balki, "Siti", "Bavariya" kabi bizga duch kelishini istamagan jamoalardan biri. Biz g'alaba uchun o'ynaymiz. O'tgan o'yinlardagi taribalar bizga asqotadi, deb umid qilaman", - deydi Buffon.