"Bavariya"da ijarada to'p surayotgan "Real" yarimhimoyachisi Hames Rodriges myunxenliklarning to'la-to'kis a'zosiga aylanishi mumkin.
Neamislar "Real" rahbariyatiga 26 yoshli kolumbiyalikning transfer huquqlarni muddatidan avval sotib olmoqchi ekanini ma'lum qilishdi. Bunga futbolchining o'zi ham rozi.
O'tgan yozda "Bavariya" Hamesni ikki yilga ijaraga olgan edi.