Turkiyalik hakam Junayt Chakir "Yuventus" va "Real Madrid" o'rtasida Chempionlar Ligasi 1/4 final dastlabki uchrashuvini boshqarib boradi, bu haqida UEFA rasmiy sayti xabar berib o'tadi.
Chakir ushbu mavsumda guruh bosqichida "Tottenxem" va "Real" uchrashuvini boshqarib borgan edi va bu o'yinda "shporlar" (3:1) hisobida g'alaba qozonishgan. O'tgan mavsum "Napoli" - "Real" (1:3) va yarimfinal "Atletiko Madrid" - "Real Madrid" (2:1) uchrashuvlarida ham turk hakami o'yinni boshqargan.
2015/16-yili "Malmyo" - "Real" (0:2) o'sha yili yarimfinalda "Man Siti" - "Real" (0:0).
2012/13-mavsumda ham Chakir bir qator o'yinlarda ishlagan bo'lib, unda guruh bosqichida "Real" - "Borussiya" (2:2) va 1/8 final javob o'yinida "MYU" - "Real" (1:2).
Bobojonov