"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon EChL chorak finalida "Real"ga qarshi o'yinlar haqida fikr bildirdi.
"Real" va "Yuventus" o'rtasida birinchi uchrashuv 3 aprel kuni Turinda, javob uchrashuvi 11 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.
"Bu o'yinlar hozir butun o'y-xayollarmizni olib qo'ygan. Nisbatan kuchli jamoaga qarshi o'ynasang, ma'lum qiyinchiliklarga uchraysan. "Real"da ekstraordinar ijrochilar ko'p.
"Real"dek jamoada bir o'yinchi hammasini hal qilmasligi mumkin. Ammo Ronalduga yana duch kelish haqidagi o'ylar kechalari menga uyqu bermayapti", - deydi Buffon.