Ispaniya chempionatida "Las-Palmas" bilan uchrashuvda "Real" hujumchisi Karim Benzema penaltini jamoadoshi Garet Beylga bermadi.
39-daqiqada hisob 1:0 bo'lib tukrgan vaqtda Beyl Benzemadan penaltini o'zi bajarishi haqida iltimos qildi, ammo frantsiyalik futbolchi rad javobini berdi va 11 metrlik nuqtadan o'zi tepdi.
Ikkinchi bo'lim boida "Real" yana penalti ishlab oldi va Benzema bu safar tepish imkoniyatini Beylga berdi, uelslik futbolchi nuqtadan adashmadi hamda bu o'yinda dublga erishdi.
Jamoaning shtatli penaltichisi Kriushtianu Ronaldu bu o'yinda ishtirok etmadi.