Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» «Las-Palmas»ga imkoniyat qoldirmadi

Ispaniya La-ligasining 30-turi doirasida "Las-Palmas" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La-ligasining 30-turi doirasida "Las-Palmas" o'z maydonida "Real"ni qabul qildi. Zidan shogirdlari ortiqcha muammosiz o'z foydalariga hal qildi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Garet Beyl o'zining yuqori tezligi evaziga raqib darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib bordi va undan samarali foydalandi. Birinchi bo'lim tugashiga 6 daqiqa qolganida mezbonlar himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Belgilangan penaltidan Karim Benzema samarali foydalanib, hisobni 0:2ga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda "Las-Palmas" darvozasi tomon yana bir marta penalti belgilandi. Jabrlanuvchining o'zi — Beyl 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi hamda uchrashuvdagi dublini nishonladi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 63taga etkazib oldi. Jamoa 2-o'rinda borayotgan "Atletiko"dan 1 ochko ortda qolmoqda. Biroq "matraschilar" hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.

Ispaniya La ligasi, 30-turi
Las-Palmas – Real Madrid 0:3
Gollar: 0:1 – 26 Beyl, 0:2 – 39, penalti Benzema, 0:3 – 51, penalti Beyl.
Las-Palmas – Chichisola, Ximo Navarro, Agirregaray, Masedo (Samperio, 46), Galves, Kastelyano, Gomes (Eksposito, 46), Akvilani, Xalilovich, Momo (Ezekiel, 85), Kaleri.
Real Madrid – Navas, Valexo, Teo, Nacho (Xakimi, 29), Varan, Modrich (Kovachich, 61), Kazemiro (Lorente, 62), Asensio, Vaskes, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Momo (36), Galves (45), Ximo Navarro (51).

BestMaster
31 Mart 2018, 23:40
liga, «real», «las-palmas»ga, imkoniyat, qoldirmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads