"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi mumkin. "Mirror" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi "MYu" ustozi Joze Mourino bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
Manbaga ko'ra, Beyl APLga qaytishga qarshi emas, faqat bir shart bilan: "qizil iblislar" Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishi shart.
Transfermarkt Beylning transfer narxini 90 million evroga baholagan. Garetning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Yarim himoyachi ushbu mavsumda "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, ularda 9ta gol urdi.