Sky Sports jurnalisti va sharhlovchisi Giyom Balagening fikricha, "Real" rahbariyati yarimhimoyachi Garet Beylni yozda sotib yuboradi.
"Men "Real"ning Beylni sotishiga ishonaman. Bu Garet uchun ma'qul variant emas, u Madridda qolishni istaydi.
Beylni kimdir sotib olishi tayin, ammo "Tottenhem" emas. Uning sobiq klubiga qaytishidan ma'no yo'q va bu klubga ham juda qimmatga tushadi. "Tottenhem" Garetni qaytrishni istagan bo'lardi, ammo hozir ularda maqsadlar turlicha. Boshqa klublar ko'proq tayyorlar, ular ko'proq ishtiyoq va moliyaviy imkoniyatga egalar.
APL qaytish mumkin, ammo Beyl hamma variantlarni ko'rib chiqishi kerak. Yana bir variant - "Bavariya", u erda Levandovski ketishi mumkin. Ammo myunxenliklar bir futbolchi uchun katta pul to'lashga odatlanmaganlar. Shuning uchun Garetda APLga qaytish ehtimoli yuqoriroq", - deydi Balage.