"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning turmush o'rtog'i Jorjina Rodriges XL Semanal jurnaliga bergan intervsida, boshqa farzand ko'rishni istamayotganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning noyabrida model birinchi qiz farzand ko'rgan edi, unga Alana Martina deb ism qo'yishdi.
Jorjina va Krishtianu to'rt farzandni tarbiya qilmoqdalar, ularning uchtasini surrogat ona dunyoga keltirgan.
"10 yildan so'ng o'zimni 4 farzand qayg'urayotgan ayol sifatida ko'raman, bu vaqtga kelib ular katta bo'lib qolishadi. Boshqa farzand ko'rishni tasavvur qila olmayman", - deydi Jorjina.
33 yoshli Ronaldu esa o'tgan yilning noyabrida ettita farzandi va ettita "Oltin to'p"i bo'lishini orzu qilishini aytgan edi.