"Real Madrid"ning Ispaniyalik himoyachisi Nacho Fernandez joriy mavsum jamoa uchun eng ko'p maydonda harakatlanayotgan himoyachi bo'lib turibdi.
Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatining asosiy qismini "Real" zahirasida o'tkazib kelgan himoyachini joriy mavsum 36 uchrashuvda maydonga tushirdi va futbolchi jami 2952 daqiqa harakatlandi. Bu hozirda jamoadagi ampuladoshlari orasida eng yaxshi ko'rsatgichdir. Nachodan keyingi pog'onani Ramos (2830), Karvaxal(2830), Varan (2,811) hamda Marselo (2770) egallab turibdilar.
Nacho joriy mavsum o'zi ishtirok etgan 36 uchrashuvda jamoa uchun 4 ta gol kiritishga erishdi. Himoyachi "APOEL", "Sevilya" darvozalariga bittadan gol kiritgan bo'lsa, "Deportivo"ga qarshi bahsda dubl qayd etgan.
RealBlancos