Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Lewandowski yozda o'z jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.
Polshalik futbolchi avgustda 30 yoshga to'ladi va faoliyati oxirlab qolmasdan omadini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi. AS nashrining xabariga ko'ra, hozirgi paytda Robert "Bavariya" rahbarlaridan o'zini transferga qo'yishlarini so'ragan.
Ammo "Myunxen" vakili Karl-Xaynz Rummeniggening aytishicha Lewandowski hech qayerga ketmaydi. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra 29 yoshli hujumchi uchun asosiy da'vogar "Real" deb qaralmoqda. Shuningdek, "Real"ga futbolchi uchun kurashda "MYU" va "Chelsi" ham qarshilik ko'rsatadi.
Ushbu mavsumda, Lewandowski Bundesligda 25 o'yinda 23 ta gol kiritgan.
La Liga:30-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov