“Barselona” va “Yuventus” EChL doirasida uy o'yinlarida istalgan raqibga munosib qarshilik ko'rsatishlarini isbotlab kelishmoqda.
Bu ikkala jamoa 2013 yil bahoridan beri EChLda o'z uylarida hali mag'lub bo'lishmabdi. Kataloniyaliklarning bu boradagi mag'lubiyatsiz seriyasi 25 ta o'yinga, turinliklarniki esa 23 ta o'yinga etdi. “Yuventus”ning seriyasiga “Real” barham berishi mumkin, madridliklar 3 aprel kuni Italiyaga safar uyushtirishadi. Shuningdek, “Barselona” o'z uyida “Roma”ni qabul qiladi.
“Barselona” va “Yuventus”ni o'z uyida oxirgi marta kim mag'lub etgan. Javob bitta — “Bavariya”. Myunxenliklar 2012/2013 yillarda bunday natijaga erishishgan. Qizig'i, EChLda uy o'yinlarida mag'lub bo'lmaslik borasidagi rekord ham aynan “Bavariya”ga tegishli ekan. Nemis klubi 1998 yildan 2002 yilgacha 29 ta uy uchrashuvini o'tkazgan va mag'lub bo'lmagan, bu an'ana jamoa raqiblarini “Olimpiashtadion”da qabul qilmaguncha davom etgan. Bu davrda “Bavariya” 1999 va 2001 yillarda finalgacha etib borgan.
“Barselona”ning seriyasi“Barselona” 25 ta mag'lubiyatsiz seriyada 23 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan. U raqiblar darvozalariga 77 ta gol urib, 12 ta gol o'tkazib yuborgan.
"Yuventus"ning seriyasiTurin klubi esa 23 ta mag'lubiyatsiz seriyada 14 ta g'alaba va 9 ta durangga erishgan. Bu o'yinlarda “Yuventus” raqiblar darvozalarini 37 marta ishg'ol etgan va o'z darvozasidan 16 ta gol olib chiqqan.
EChL uy o'yinlarida eng uzun mag'lubiyatsiz seriyalar29 “Bavariya”(04.03.1998-02.04.2002)
25 “Barselona”(18.09.2013-...)
24 “Arsenal”(14.09.2004-15.04.2009)
23 “Yuventus”(02.10.2013-...)
23 “Manchester Yunayted”(27.09.2005-03.11.2009)
21 “Chelsi”(12.09.2006-08.12.2009)
21 “Barselona”(24.11.2009-10.04.2013)
21 “Real”(27.09.2011-09.12.2014)