Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real" yarimhimoyachisi Iskoni yozda 75 mln funt evaziga sotib olishiga ishonmoqda.
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra "shaharliklar" allaqachon transfer harakatlarini boshlab yuborgan. Ushbu transferni shaxsan bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning o'zi istamoqda. Hozirgi kunda "Real" asosiy tarkibidan joy ola bilmayotgan futbolchi "Qirollik klubi" tarkibida kelajagini yorqin tasvirlarda ko'rayotgani yo'q.
Ispan OAV xabariga ko'ra iste'dodli futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida "Manchester Siti" qaralmoqda.
La Liga:30-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov